Bugun,

  • USD12800.13
  • RUB129.02
  • EUR13467.02

Isroilning G‘azo shimolidagi Jabaliya qochqinlar lageriga uyushtirgan havo hujumida o‘nlab odamlar halok bo‘ldi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

G‘azodagi sog‘liqni saqlash vazirligi hujumda 50 dan ortiq odam halok bo‘lgani, 150 dan ortiq kishi jarohatlanganini ma’lum qildi. Voqea joyidan olingan suratlar va videolarda qutqaruvchilar va ko‘ngillilar katta miqdordagi beton qoldiqlari ichidan omon qolganlarni qidirayotganini ko‘rish mumkin.

Foto: Reuters

Isroilning turar joy hududini nishonga olishi oqibatida 20 ta uy butunlay vayron bo‘lgan. Isroil mudofaa kuchlari matbuot kotibi podpolkovnik Richard Xet zarbani Isroil harbiylari amalga oshirganini tasdiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hujum nishoni HAMAS qo‘mondoni bo‘lgan.

Isroil armiyasi matbuot kotibi Daniel Hagarining matbuot anjumanida aytishicha, isroillik harbiylar HAMAS qo‘mondonlaridan biri Ibrohim Biariyni Jabaliyaga zarba berish chog‘ida “yo‘q qilishga muvaffaq bo‘lgan”.

 

Biariy joylashgan binoga qilingan hujum “boshqa obyektlarning qulashiga olib kelgan, chunki u yerda juda keng infratuzilma mavjud edi”, — deya uning so‘zlarini keltiradi The Guardian.

Jabaliya G‘azo sektoridagi sakkizta qochqinlar lagerining eng yirigi hisoblanadi. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, u yerda 116 ming kishi ro'yxatga olingan

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »