Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

1-noyabr kuni Yaman qurolli kuchlari “bosib olingan Falastin hududlaridagi” Isroil kuchlariga raketa hujumi uyushtirdi. Bu haqda Yaman armiyasi vakili, brigada generali Yahyo Sari ma’lum qildi.

Foto: Reuters

Yahyo Sarining so‘zlariga ko‘ra, harbiy matbuot zarba yo‘llash jarayonini jonli efirga uzatgan.

“Ommaviy axborot vositalari roppa-rosa soat 12:00 da (Toshkent vaqti bilan soat 14:00) qurolli kuchlarimiz bosib olingan Falastin hududlaridagi sionistik tuzilmaning yuragini nishonga olgan raketalar va dronlar partiyalarini uchirish sahnasini efirga uzatadi”, — deb yozdi u.

Yahyo Sari — 2015-yildan beri Yamanda hokimiyatni egallab kelayotgan husiylar harakati vakili.

Keyinroq Yaman Mudofaa vazirligi resursi o‘z veb-saytida va Twitter akkauntida raketa uchirish videosini e’lon qildi. Hisobotda aytilishicha, videolarda “Yaman raketa kuchlari va havo kuchlarining Falastindagi Isroil kuchlari nishonlariga zarba berish bo‘yicha birgalikdagi operatsiyalari” aks etgan.

Raketa uchirilishi haqidagi xabardan so‘ng Isroil mudofaa kuchlari o‘zining Telegram-kanalida Isroilning markaziy va janubiy hududlarida, shuningdek, G‘azo sektoriga tutash hududlarda sirenalar eshitilayotganini ma’lum qildi.

The Times of Israel nashrining yozishicha, raketalarning bir qismi Isroil havo mudofaasi va qiruvchi samolyotlari tomonidan tutib olingan, bittasi esa Iordaniya cho‘liga tushgan. Isroil tomonining bildirishicha, hujumlar davomida tinch aholiga hech qanday tahdid bo‘lmagan, “chunki raketalar ham, dronlar ham Qizil dengiz ustida tutib olingan”.

31-oktyabr kuni ham yamanlik husiylar Isroilga uchuvchisiz uchoqlar, ballistik va qanotli raketalar bilan qator hujumlar uyushtirgani haqida xabar berilgandi. Yaman tomoni “Isroilning G‘azo sektoridagi agressiyasi to‘xtamaguncha” zarba berishda davom etishini ma’lum qildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »