Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xitoydagi ikki eng yirik onlayn dunyo xaritalaridan Isroil nomi yo‘qoldi. Buni xitoylik internet foydalanuvchilari payqab qolishdi, deb yozmoqda The Wall Street Journal.

Foto: Reuters

Xususan, Xitoyning Baidu qidiruv tizimi xaritalarida va Alibaba’ning Amap onlayn xaritalarida Isroil so‘zi aks etmagan. Shu bilan birga, mamlakatning xalqaro miqyosda tan olingan chegaralari daxlsiz qolgan, faqat nomi yo‘qolgan. Ayni paytda boshqa barcha mamlakatlarning nomlari, shu jumladan Lyuksemburg yoki Monako kabi kichik davlatlarning nomlari o‘z o‘rnida.

“Ushbu noaniqlik Pekinning mintaqadagi noaniq diplomatiyasiga mos keladi”, — deb ta’kidladi WSJ.

Isroil va HAMAS o‘rtasidagi urush — Xitoyning pozitsiyasi

Eron Rossiya va Xitoyni BMT Xavfsizlik Kengashining Isroil HAMAS hujumlaridan o‘zini himoya qilish huquqiga ega ekanini va Islom Respublikasini HAMASni qurollantirishni to‘xtatishga chaqiruvchi har qanday rezolyutsiyaga veto qo‘yishga chaqirdi.

BMT Bosh Assambleyasi G‘azo sektoridagi “urushni tugatish” uchun “zudlik bilan, doimiy va barqaror gumanitar o‘t ochishni to‘xtatish”ga chaqiruvchi rezolyutsiyani ko‘pchilik ovoz bilan ma’qulladi. Uni 120 davlat, xususan, Xitoy yoqlab chiqdi, 14 davlat qarshi chiqdi, 45 davlat betaraf qoldi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »