Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xitoyning “Standart xaritalar kartografik xizmati” davlat sayti 2023-yilga mo‘ljallangan yangi, rasman tasdiqlangan geografik xaritalar to‘plamini chiqardi, unda Rossiya hududlarining bir qismi Xitoy tarkibiga kiritilgan, deb yozadi “RBK”.

 
 
Foto: Getty Images

Gap Amur daryosida joylashgan Bolshoy Ussuriy oroli haqida bormoqda, hudud Rossiya va Xitoy o‘rtasida 2008-yilda tuzilgan shartnoma asosida bo‘lingan. Nashr qilingan xaritada orol mamlakatning eng sharqiy nuqtasi sifatida alohida qayd etilgan.

“Namunaviy xarita Xitoy va dunyoning boshqa mamlakatlari chegaralarini loyihalash bo‘yicha milliy standartlarga muvofiq tuzilgan”, — deyiladi tushuntirish qaydnomasida.

Yangi rasmiy kartalar to‘plami yangiliklar, kitoblar, reklama materiallarida illyustratsiya sifatida foydalanish uchun mo‘ljallangan. Ulardan ma’lumot bazasi xaritasi sifatida ham foydalanish mumkin, deb ta’kidladi xizmat.

Hindistonning Arunachal-Pradesh shtati (Xitoy uni Janubiy Tibet deb ataydi) va 1962-yilgi urush paytida Xitoy tomonidan bosib olingan Ladaxdagi Oqsay Chin chegara hududi ham yangi geografik xaritada Xitoy hududi sifatida joy olgan.

Hindiston Xitoyga “Arunachal-Pradesh Hindistonning ajralmas qismi bo‘lib kelgani va shunday bo‘lib qolishini” bir necha bor ta’kidlagan. Hindiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Arindam Bagchi Pekinga xarita yuzasidan keskin norozilik bildirdi.

Xaritada, shuningdek, Xitoyning Tayvan oroliga va Janubiy Xitoy dengizining katta qismiga da’vosini ifodalovchi “to‘qqiz shtrixli chiziq” ko‘rsatilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »