Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil mudofaa kuchlari G‘azo sektoridagi Jabaliya qochqinlar lageriga ikki kun ichida ikkinchi marta aviazarba berdi. Kamida 80 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda CNN.

Jabaliyaga Isroilning birinchi zarbasi oqibatlari
Foto: Global Look Press

CNN G‘azodagi Indoneziya kasalxonasi direktori doktor Atef al-Kahlutga tayanib, qurbonlar soni kamida 80 kishini tashkil etgani, yana bir necha yuz qochqin yaralanganini ma’lum qildi.

O‘z navbatida, Sky News Arabia nashri Jabaliyadagi lagerga berilgan zarba oqibatida 195 kishi halok bo‘lganini yozmoqda. Unga ko‘ra, yana 777 kishi yaralangan.

Isroil tomoni zarba nishoni tinch aholi emas, balki “aniq razvedka ma’lumotlari” asosida o‘ldirilgan HAMAS jangchilari bo‘lganini da’vo qilmoqda. Avvalroq Isroil armiyasi HAMASni o‘z harbiy obyektlarini shifoxonalar va qochqinlar lagerlari yoniga joylashtirishda bir necha bor ayblagan.

“HAMAS o‘z infratuzilmasini ataylab tinch aholi nishonlari ostiga, yaqiniga yoki ustiga qurmoqda, bu G‘azo fuqarolarining hayotini ataylab xavf ostiga qo‘ymoqda”, — deyiladi Isroil armiyasi bayonotida.

31-oktyabrda Isroilning G‘azo shimolidagi Jabaliya qochqinlar lageriga uyushtirgan hujumida 50 dan ortiq odam halok bo‘lgani, 150 dan ortiq kishi jarohatlangani xabar qilingandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »