Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

G‘azo sektori ommaviy qabristonga aylantirilmoqda, dedi aktrisa va Birlashgan Millatlar Tashkilotining sobiq yaxshi niyat elchisi Anjelina Joli.

Foto: Getty Images
“Bu qamaldagi aholini ataylab bombardimon qilish, ularning qochib qutuladigan joyi yo‘q. Deyarli yigirma yildan buyon ochiq osmon ostidagi qamoqxona bo‘lib kelgan G‘azo qisqa fursatda ommaviy qabristonga aylanmoqda. Halok bo‘lganlarning 40 foizi begunoh bolalar. Butun boshli oilalar o‘ldirilmoqda”, — deb yozdi u Instagram sahifasida.

Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, millionlab falastinliklar oziq-ovqat, dori-darmon va gumanitar yordamdan mahrum bo‘lgan holda xalqaro huquqlariga zid holda “ommaviy jazolanmoqda insoniylikdan mahrum qilinmoqda”. Bu holat “butun dunyo ko‘z o‘ngida, ko‘plab hukumatlarning faol qo‘llab-quvvatlashi bilan” amalga oshirilmoqda.

“Gumanitar sulhni talab qilishdan bosh tortish va BMT Xavfsizlik kengashining har ikki tomonni bunga majburlashiga to‘sqinlik qilish orqali dunyo yetakchilari bu jinoyatlarga sherik bo‘lib bormoqda”, — deya xulosa qildi Joli.

Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, G‘azoda Isroil zarbalari oqibatida halok bo‘lganlar soni 8 796 kishiga yetdi. Shulardan 3 648 nafari bolalar, 2 290 nafari ayollar. Jarohatlanganlar 22 219 kishini tashkil etmoqda, 2 030 kishi bedarak yo‘qolgan.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, G‘azo sektorida har kuni 400 dan ortiq bola halok bo‘ladi yoki yaralanadi.

7-oktyabrda Isroil va HAMAS o‘rtasidagi urush boshlanganidan beri BMT Xavfsizlik kengashi G‘azo sektoridagi gumanitar vaziyat bo‘yicha to‘rtta rezolyutsiya loyihasini ko‘rib chiqdi — ikkitasi Rossiyadan, qolganlari Braziliya va AQSHdan, biroq ularning hech biri qabul qilinmadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »