Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AFP va CBS News xabarlariga ko‘ra, chet el fuqaroligiga ega yuzlab odamlar Rafah nazorat punkti orqali G‘azo—Misr chegarasini kesib o‘tdi.

Foto: Global Look Press

CBS qayd etishicha, Rafah nazorat-o‘tkazish punktidan birinchi o‘rinda janglarda yaralangan falastinliklarni olib ketayotgan bir necha o‘nlab tez yordam mashinalari o‘tkazilgan. Shu bilan birga, G‘azo sektorida bo‘lib turgan amerikalik Syuzan Beseiso telekanalga amerikaliklar hali o‘tkazib yuborilmaganini aytdi.

“Amerika elchixonasi va davlat departamenti chegaraga yaqinlashganimizdan va to‘rt marta bombardimon qilinganimizdan beri biz bilan aloqaga chiqmadi. Ular bizni olib chiqish uchun hech narsa qilgani yo‘q”, — dedi Beseiso.

The New York Times gazetasining yozishicha, avvalroq G‘azo Ichki ishlar vazirligi hududni tark etishi mumkin bo‘lgan 500 dan ortiq xorijiy pasport egalari ro‘yxatini e’lon qilgan. AFP xabariga ko‘ra, xorijliklarning birinchi guruhi, asosan ayollar va bolalar allaqachon Misrga yetib borgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, G‘azo sektorida Isroilning zarbalari oqibatida halok bo‘lganlar soni 8 796 kishini tashkil etadi, 22 mingdan ortiq kishi jarohat olgan. Isroilda esa HAMASning zarbalaridan 1,4 mingdan ortiq odam halok bo‘ldi, 5,4 ming kishi jarohatlandi.

HAMAS va Isroil o‘rtasidagi urush boshlanganidan beri G‘azo sektorining 1,5 millionga yaqin aholisi uylarini tark etishga majbur bo‘ldi, deb xabar bermoqda BMT. Anklavda oziq-ovqat va asosiy ehtiyojlar taqchilligi tobora kuchayib bormoqda. Sektor aholisining aksariyati shimoliy hududlardan janubga, Misr bilan chegaraga qochib ketishgan.

Rafah — G‘azo aholisiga gumanitar yordam ko‘rsatish uchun ochilgan yagona nazorat-o‘tkazish punkti. 31-oktyabrda Misr nazorat punktiga tanklar va boshqa zirhli texnikalarni joylashtirdi. Bungacha Qohira uzoq vaqtdan beri sektordan falastinlik qochqinlarni qabul qilishdan bosh tortgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »