Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Yamandagi husiylarga janubdan Isroilga hujum qilib, yahudiy davlatiga qarshi yangi front ochishni buyurdi. Bu haqda Bild tahlilchisi Yulian Ryopke xabar berdi.

Foto: Eron prezidenti idorasi

31-oktyabr kuni Yaman poytaxti va mamlakatning yarmidan ko‘pini boshqarayotgan husiylar Isroilga urush e’lon qildi. Shundan so‘ng Yaman rejimi vakillari Isroil tomon o‘nga yaqin ballistik raketa va dronlar uchirdi.

“Isroilning Qizil dengiz sohilidagi Eylat shahriga yetib borish o‘rniga, raketalar Misr va Iordaniya hududiga tushdi, ba’zi snaryadlar ham ochiq dengizga tushgan bo‘lishi mumkin”, — deydi tahlilchi.

Yamanlik husiylar tomonidan e’lon qilingan besh daqiqalik videoda ular Eronda ishlab chiqarilgan mashhur qurollar: “Zulfiqor” ballistik raketalari, shuningdek, “Quds-3” va “Quds-4” qanotli raketalaridan foydalangani ko‘rsatilgan. Eylatga yetib borish uchun ular 1600 kilometr masofani bosib o‘tishi kerak edi.

2014-yildan buyon mamlakatda hokimiyatni amalda ushlab turgan Yaman husiylari urushga kirishi bilan Isroil endi birdaniga uchta Eron proksi kuchlari tomonidan hujumga uchradi: husiylardan tashqari, bular Livandagi “Hizbulloh” va Suriyadagi “Islomiy qarshilik”dir.

“Yamanning Isroilga urush e’lon qilishini Eron rejimining Yaqin Sharqdagi mojaroni kuchaytirish va butun mintaqa bo‘ylab tarqalgan resurslarini jangga jalb qilish yo‘lidagi navbatdagi qadami sifatida talqin qilish mumkin. Shu sababli Tehron Isroil va AQSH bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarama-qarshilikka yaqinlashmoqda”, — deya xulosa qiladi Yulian Ryopke.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »