Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH Isroilni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda davom etsa, unga qarshi yangi frontlar ochilishi mumkin, dedi Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyan Bloomberg Television’ga bergan intervyusida.

Foto: Getty Images
“AQSH boshqalarga vazminlikni tavsiya qilyapti, biroq u butunlay Isroil tomoniga o‘tib oldi. Agar Amerika shu paytgacha qilgan ishlarini yana davom ettirsa, AQSHga qarshi yangi frontlar ochiladi” — dedi u va G‘azo sektoridagi mavjud vaziyatning davom etishi mintaqadagi vaziyatning nazoratdan chiqib ketishiga olib kelishini qo‘shimcha qildi.

TIV rahbarining bu so‘zlari AQSHning Suriyadagi obyektlarga bergan zarbalaridan so‘ng yangradi — Vashington bu obyektlardan Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan guruhlar foydalanadi, deb hisoblaydi. AQSH Suriyadagi Amerika kontingentiga qilingan hujumlar uchun ushbu guruhlarni javobgar deb biladi va zarbalar o‘zini himoya qilish maqsadida amalga oshirilganini ta’kidlaydi. Oq uy zarbalarni Eronga ogohlantirish deb atadi.

Abdullohiyan, o‘z navbatida, Amerika harbiy bazalariga hujum qilayotgan guruhlar mustaqil harakatlanishini, Tehrondan hech qanday buyruq olmasligini aytdi.

“Biz Suriyaga yoki mintaqaning boshqa qismlariga yangi qo‘shin yuborganimiz yo‘q. Ammo voqealar rivojini shunchaki kuzatmayapmiz. Eron Islom Respublikasi milliy manfaatlarimizdan kelib chiqqan holda chora ko‘radi”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Abdullohiyanning so‘zlariga ko‘ra, Isroil G‘azo sektorida quruqlikdagi operatsiyani boshlasa, yangi frontlar ochilishi muqarrar bo‘ladi.

“Har qanday front ochilishi mumkin”, — deb ta’kidladi Eron vaziri.

Isroil kuchlari 27-oktyabr oqshomida G‘azo sektorida quruqlikdagi operatsiyani “kengaytirayotgani”ni, shuningdek, havodan, yerdan va dengizdan hujumlar intensivligini oshirganini ma’lum qildi. Isroil armiyasi “kengayish” nimani anglatishiga aniqlik kiritimadi. Mutaxassislarning fikricha, jangovar harakatlarning kuchayishi hali keng ko‘lamli bosqinning boshlanishi, degani emas.

Isroil zarbalaridan keyin mintaqada aloqa uzildi, internet uzilishlar bilan ishlamoqda. Qizil Yarim Yarim Oy Jamiyati, JSST va “Chegara bilmas shifokorlar” anklav ichidagi xodimlari bilan aloqa uzilgani haqida xabar berdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »