Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil mudofaa kuchlari bosh shtabi boshlig‘i Gerzi Halevi Isroil harbiylari G‘azo shahriga kirganini e’lon qildi. Bu haqda The Times of Israel xabar berdi.

“Biz urushning yana bir muhim bosqichiga o‘tdik. Bizning kuchlarimiz G‘azo shimolining qoq markazida bo‘lib, G‘azo shahrini o‘rab olib, muvaffaqiyatga erishmoqda”, — dedi Halevi.

Uning ta’kidlashicha, qo‘shinlar professional jangovarlik va jasoratni talab qiladigan zich va murakkab shahar sharoitida jang qilmoqda. Halevi G‘azo sektorida quruqlikdagi operatsiya boshlanganidan beri 18 nafar isroillik askar halok bo‘lganini aytdi.

O‘z navbatida, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Isroil qo‘shinlari G‘azo shahri chekkasidan o‘tganini aytgan.

“Biz jangning eng yuqori cho‘qqisida turibmiz. Ajoyib muvaffaqiyatga erishdik va G‘azo shahrining chekkalaridan o‘tdik. Oldinga siljiyapmiz”, — degan Netanyaxu.

Reuters agentligiga ko‘ra, Isroil qo‘shinlari va tanklari 2-noyabr kuni G‘azo shahri tomon oldinga siljigan, biroq Isroil armiyasiga minomyotlardan o‘q uzgan HAMAS jangarilarining qarshiliklariga duch kelgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »