Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

G‘azo sektori shimolidagi Isroil harbiylari HAMASning yerosti tunnellariga “kirish nuqtalari”ni topdi. Bu haqda Isroil mudofaa kuchlariga tayanib, Washington Post xabar berdi.

Arxiv foto: Flash90

“Isroil mudofaa kuchlari G‘azo shimolidagi operativ harakatlar davomida ko‘plab kirish nuqtalarini aniqladi”, — deyiladi armiya bayonotida.

Ta’kidlanishicha, Isroil armiyasi G‘azo sektoriga chuqur kirib bordi va shaharni sektorning qolgan qismidan uzib qo‘ydi. Isroil zirhli mashinalari shimoli-g‘arbdan taxminan to‘rt milya (6,5 kilometr) masofani bosib o‘tib, taxminan Ash-Shati qochqinlar lageriga yetib borgani aytilmoqda. 

Shu bilan birga, G‘azoning sharqiy janubidan harakatlanayotgan qo‘shinlar ham taxminan to‘rt milya masofani bosib o‘tgan va shaharni janubdan uzib qo‘ygan.

O‘tgan haftadan beri Isroil armiyasi G‘azo sektorida quruqlikdagi operatsiyalarni kengaytirdi. Ular HAMASning o‘nlab jangarilarini yo‘q qilgani va G‘azo sektoridagi HAMAS infratuzilmasini vayron qilganini bildirdi.

Falastinning WAFA agentligi xabar berishicha, Isroil armiyasining hujumlari oqibatida 9400 dan ortiq falastinlik halok bo‘lgan va 25 mingdan ortiq kishi jarohatlangan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »