Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Livandagi “Hizbulloh” yetakchisi Hasan Nasrulloh 3-noyabr kuni Isroil va HAMAS borasida bayonot berdi. U arab davlatlarini Isroilga neft eksportini to‘xtatishga chaqirib, “Hizbulloh” va Isroil o‘rtasidagi keng ko‘lamli urush real ekanini aytdi.

Foto: Getty Images

Nasrullohning so‘zlariga ko‘ra, operatsiyani boshlash qarori yuz foiz HAMAS tomonidan qabul qilingan, bu yashirin tarzda amalga oshirilgan. “Hizbulloh” mazkur rejadan xabardor bo‘lmagan. Quyida Hasan Nasrullohning nutqidan muhim bayonotlarni keltirib o‘tamiz:

Arab davlatlariga murojaat

“Hizbulloh” rahbari G‘azo sektorida sodir bo‘layotgan voqealar shunchaki navbatdagi urush emas, balki hal qiluvchi tarixiy jang ekanini ta‘kidladi.

“G‘azo xalqining g‘alabasi mintaqadagi barcha davlatlar, Misr, Iordaniya, Suriya va Livan milliy manfaatlarining g‘alabasidir. Arab va islom davlatlari G‘azo xalqiga qarshi tajovuzni to‘xtatish uchun barcha sa‘y-harakatlarini amalga oshirishi kerak. Isroilga neft va gaz yetkazib berish to‘xtatilishi kerak”, — dedi Nasrulloh.

HAMAS hujumi Falastinni jahon sahnasida eslashlari uchun zarur edi

“G‘azoda 2 milliondan ortiq odam 20 yildan beri bo‘g‘uvchi qamal ostida yashamoqda, minglab falastinlik mahbuslar uzoq yillardan beri ishg'ol qamoqxonalarida saqlanmoqda. Hech kim hech narsa qilmayapti. Falastin masalasi unutilgandi va endi u yana butun dunyoning diqqat markaziga aylandi”

HAMAS Isroilga qarshi hujumni hammadan yashirgan

“HAMAS amaliyoti yuz foiz falastinliklar tomonidan amalga oshirilgan. Mutlaq maxfiylik 7-oktyabr operatsiyasining muvaffaqiyatini, Isroil armiyasi hamda razvedkasining muvaffaqiyatsizligini ta‘minladi. Amaliyot Isroilning zaifligini ochib berdi, mamlakat fuqarolarining o‘zlari Isroil zaif bo‘lib qolganiga ishonishdi”

G‘azodagi hujumga AQSH “aybdor”

“AQSH Isroilga homiylik qilganlikda aybdor. Ular Iroqda, Vyetnamda va Afg‘onistonda ham shunday harakat qilishgan. Amerika qo‘llab-quvvatlashining tezligi va ko‘lami ham Isroilning zaif ekanini ko‘rsatadi. Mamlakat jangning birinchi kunidanoq Amerikadan qurol va pul so‘ray boshladi. G‘azo sektorida sodir bo‘layotgan voqealar uchun asosiy mas‘uliyat AQSH zimmasida va aynan ular agressiyani to‘xtatmayapti”

Isroil Livanga hujum qilsa...

“Dushman Livanga hujum qilsa, butun mavjudlik tarixidagi eng katta ahmoqlikni amalga oshiradi. Bizning chegara operatsiyalarimiz to'xtatuvchi vosita bo‘lib, Isroilni strategiyasini tuzatishga majbur qiladi. Livan frontida hozir sodir bo‘layotgan voqealar 2007-yil iyul urushidan beri yuz bermagan”

AQSH Eronga “hujum qilmoqchi”

“AQSH Eronni bombardimon qilishga tayyorlanayotgani haqida xabarlar oldik. Ammo tahdidlar bizni qo‘rqitmaydi — sizning hujumlaringizga tayyormiz. 1980-yillar boshida sizni mag‘lub etganlar hali ham tirik. AQSH G‘azoga qarshi tajovuzni to'xtata oladi, chunki bu ularning tajovuzi”, 

“Hizbulloh” Isroilga qarshi urushga qo‘shiladimi?

“Ba‘zi odamlar Isroilga qarshi urushga qo‘shilishimiz kerakligini aytadi. Ammo biz allaqachon urushdamiz. Biz 8-oktyabrdan beri urushdamiz”, — dedi “Hizbulloh” yetakchisi Nasrulloh

Shuningdek, u Iroqdagi islomiy qarshilikning AQSH bazalariga hujum qilish qarorini olqishladi. Nasrulloh Amerika xalqlarga qarshi jinoyatlari va qirg‘inlari uchun javob berishi kerakligini aytdi.

U G‘azoda sulhga erishish uchun “kecha-kunduz ishlash”ga chaqirib, bu “Hizbulloh”ning “asosiy maqsadi” ekanini aytdi. Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan Livan guruhining ikkinchi maqsadi: G‘azoda HAMAS g‘alabasidir.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »