Isroil armiyasi Livan bilan chegarada yuqori jangovar shay holatga keltirildi
Isroil armiyasi Livan bilan chegarada yuqori jangovar shay holatda ekanini ma’lum qildi. Bu haqda BBC xabar berdi.
“Shimoliy chegara hududidagi kuchlarimiz shay holatda va bugun, ertaga yoki yaqin kelajakda yuzaga keladigan har qanday hodisaga javob berishga tayyor”, — dedi Isroil armiyasi vakili Daniel Hagari.
Isroilning Livan bilan shimoliy chegarasida so‘nggi haftalarda “Hizbulloh” guruhi va Isroil armiyasi o‘rtasida chegara bo‘ylab otishma kuzatildi. “Hizbulloh” allaqachon 54 kishi halok bo‘lganini e’lon qildi.
Bugun, 3-noyabr kuni Livanda joylashgan “Hizbulloh” guruhi rahbari Hasan Nasrulloh o‘z tarafdorlari oldida chiqish qilishni rejalashtirmoqda.
“Kecha biz keng miqyosli hujum uyushtirdik va ‘Hizbulloh’ tomonidan tinch aholining jarohatlanishiga olib kelgan ommaviy yong‘inga javoban bir qator ‘Hizbulloh’ hujayralariga zarba berdik” — degan edi Daniel Hagari.
O‘z navbatida, AQSH “Hizbulloh”ning Isroil bilan keng ko'lamli urushga kirishishga tayyorligi belgilarini hali ko'rmayotganini da'vo qilgan edi.
Mavzuga doir
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar