Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Livanning “Hizbulloh” guruhi chegara bo‘ylab Isroilning 19 ta pozitsiyasiga hujum qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Foto: AFP

Ma’lum qilinishicha, pozitsiyalar harbiy obyektlarni o‘z ichiga oladi, ularga dronlar bilan zarba berilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda hujum natijasida yong‘in kelib chiqqani aks etgan kadrlar tarqalgan.

Isroil armiyasi X ijtimoiy media platformasidagi postida Isroilga bir qator raketa hujumlaridan so‘ng Livandagi “Hizbulloh”ning bir qator nishonlariga zarba berganini ta’kidlagan.

Livan milliy axborot agentligiga ko‘ra, Isroil snaryadlari janubiy chegaradagi turli hududlarga tushgan. “Hizbulloh” o‘z bayonotida Livan-Isroil chegarasidagi bahsli Shebaa fermalari hududida Isroil armiyasi qo‘mondonlik punktiga hujum qilish uchun portlovchi moddalar o‘rnatilgan ikkita drondan foydalanganini aytgan.

Hizbullohning aytishicha, “katta miqdorda portlovchi moddalar” yuklangan dronlar Shebaa fermasi hududidagi Isroil batalon qarorgohiga hujum qilgan va ularning nishonlarini urgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »