Bugun,

  • USD12800.13
  • RUB129.02
  • EUR13467.02

“Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi Rossiyada ishlab chiqarilgan “Pantsir-S1” zenit-raketa va qurol tizimini (NATO tasnifiga ko‘ra Sa-22) Livanning “Hizbulloh” guruhiga topshirishi mumkin. Tegishli ma’lumotlar AQSH razvedkasiga kelib tushdi, deb xabar bermoqda The Wall Street Journal manbalarga tayanib.

Foto: “TASS”

Amerika rasmiylaridan birining so‘zlariga ko‘ra, AQSH hukumati “Vagner” zenit tizimini “Hizbulloh”ga topshirganini tasdiqlay olmadi. Vashington bu haqidagi xabarlarni kuzatishda davom etmoqda, manbalarga ko‘ra, ehtimoliy jo‘natma jiddiy tashvish uyg‘otgan.

Avvalroq AQSH “Hizbulloh”ning Isroil shimoliga hujum uyushtirishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun Sharqiy O‘rta Yer dengiziga samolyot tashuvchi kemasini joylashtirgandi.

“Vagner” yollanma askarlari Suriyada “Hizbulloh” jangarilari kabi faoliyat yuritmoqda, deb yozadi The Wall Street Journal. Reuters xabariga ko‘ra, Suriya hukumati 2023-yil iyun oyida Yevgeniy Prigojin isyoni paytida Suriyada bo‘lib turgan “vagnerchi”larni Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolashga majburlash operatsiyasini o‘tkazgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »