HAMAS garovga olinganlarni ozod qilishga tayyor, ammo...

HAMASning G‘azo sektoridagi yetakchisi Yahyo Sinvar Isroildan olib kelingan va garovga olinganlarni ozod qilishga tayyorligini aytgan. U HAMAS garovga olinganlarni Isroil qamoqxonalaridagi falastinlik mahbuslarga almashtirishga tayyorligini bildirgan. Tegishli taklifni HAMASning qurolli qanoti ham ilgari surgan.

“Biz zudlik bilan mahbuslar almashinuvi bo‘yicha bitim tuzishga tayyormiz, bunda Isroil qamoqxonalaridagi barcha falastinlik mahbuslar evaziga HAMAS qo‘l ostidagi barcha mahbuslar ozod qilinadi”, — degan Sinvar.

Hozircha Isroil mazkur taklifga javob bermagan, biroq garovga olinganlarni har qanday yo‘l bilan qaytarishga tayyorligini bildirmoqda.