Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH Kongressining Vakillar palatasi respublikachilarning Isroilga 14,3 milliard dollarlik yordam ko‘rsatish rejasini qabul qildi. Quyi palataning 226 a’zosi qonun loyihasini yoqlab, 196 nafari qarshi ovoz berdi, deb yozmoqda Reuters. Qonun loyihasida Ukrainaga mablag‘ ajratish haqida so‘z yuritilmagan.

Foto: Reuters

Vakillar palatasi tomonidan tasdiqlangan yordam rejasi Isroil armiyasini qo‘llab-quvvatlashni o‘z ichiga oladi: jumladan, Isroilning “Temir gumbaz” va “Dovud quroli” havo mudofaa tizimlarini sotib olish uchun 4 milliard dollar, “Temir nur” tizimini rivojlantirish uchun 1,2 milliard dollar ajratish nazarda tutilgan.

Avvalroq AQSH prezidenti Jo Bayden agar qonunda Ukraina bo‘yicha xarajatlar bandi bo‘lmasa, unga veto qo‘yishini aytgandi. Senatdagi ko‘pchilik demokratlar yetakchisi Chak Shumer qonun loyihasini ovozga qo‘ymasligini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Bayden Kongressdan Ukraina, Isroil, Tayvanga yordamni moliyalashtirish uchun 106 milliard dollar ajratishni, shuningdek, Meksika bilan chegarada himoya devori qurilishi uchun pul ajratishni so‘ragandi. Ushbu mablag‘larning katta qismi — 61,4 milliard dollar Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilishi kerak.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »