Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSHning Isroil va Ukrainaga yordami kelajak avlodlar xavfsizligini ta’minlashga yordam beradigan sarmoyadir, dedi Amerika prezidenti Jo Bayden xalqqa murojaatida.

Foto: Getty Images
“Bu oqilona sarmoya bo‘lib, Amerika xavfsizligi uchun avlodlar uchun dividendlar to‘laydi”, dedi u.

Baydenning so‘zlariga ko‘ra, agar Qo‘shma Shtatlar ikkala davlatni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatsa, bu uning global yetakchiligi, qadriyatlari va ittifoqchiligini xavf ostiga qo‘yadi.

Prezident 20-oktyabr kuni Kongressga Isroil va Ukrainaga qo‘shimcha mablag‘ ajratish bo‘yicha “shoshilinch budjet so‘rovi” yuborishini aytdi. Reuters manbalariga ko‘ra, gap kelasi yil uchun umumiy qiymati 100 milliard dollar bo‘lgan paket haqida ketmoqda. Bu mablag‘lardan 60 milliard dollari Ukrainaga, 10 milliard dollari Isroilga, qolgani esa Tayvanga yordam berish va AQSHning Meksika bilan chegarasida xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan.

Shuningdek, Bayden mojaroning tinch yo‘l bilan hal etilishini BMTning Yaqin Sharqda mustaqil arab va yahudiy davlatlarini yaratish haqidagi qarorini amalga oshirish bilan bog‘ladi.

“Isroil va falastinliklar teng darajada xavfsizlik, qadr-qimmat va tinchlikda yashashga loyiqdir”, — dedi u.

Baydenning “oqilona sarmoya” haqidagi bayonotiga Rossiya Tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Zaxarova izoh bergan.

“Urushlar AQSH uchun an’anaviy ravishda ‘aqlli sarmoya’ bo‘lib kelgan. Ular Amerika hududida bo‘lmagani uchun, bu mamlakat boshqa odamlarning xarajatlari haqida qayg‘urishmaydi. Aytishganidek, shaxsiy narsa yo‘q, shunchaki biznes”, — deb yozdi u Telegram’dagi kanalida.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »