Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Pentagon Ukrainaga mo‘ljallangan o‘n minglab 155 millimetrli snaryadlarni Isroilga topshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda vaziyatdan xabardor uch nafar isroillik rasmiyga tayanib, Axios nashri yozdi.

Foto: AFP

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil mudofaa qo‘shinlari va mamlakat Mudofaa vazirligi Vashingtonga G‘azoda quruqlikdagi operatsiyaga, Livan bilan chegarada esa “Hizbulloh”ga qarshi ehtimoliy jangga tayyorgarlik ko‘rish uchun zudlik bilan artilleriya snaryadlariga muhtojligini bildirgan.

Amerika rasmiylar Ukraina uchun mo‘ljallangan snaryadlarning Isroilga uzatilishi Ukrainaning rus qo‘shinlariga qarshi kurashish qobiliyatiga bevosita ta’sir qilmasligini aytdi.

Nashr shuningdek, Ukraina uchun mo‘ljallangan o‘q-dorilar Isroilda mamlakatlar o‘rtasidagi kelishuv doirasida saqlanayotgan Amerika qurollari zaxirasining bir qismi bo‘lganini taʼkidlaydi.

Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant avvalroq Isroil qo‘shinlari G‘azo sektorida quruqlikdan operatsiya boshlashini aytgandi. The Times of Israel nashrining yozishicha, vazir bu haqda Isroil harbiylarining G‘azo sektori chegarasidagi pozitsiyalariga tashrifi chog‘ida e’lon qilgan.

AQSH prezidenti Jo Bayden CBS telekanaliga bergan intervyusida Vashington Isroilga ham, Ukrainaga ham yordam ko‘rsatish imkoniyatiga ega ekanligini aytdi.

“Axir biz Amerika Qo‘shma Shtatlarimiz. Biz ikkalasiga ham g‘amxo‘rlik qilishga va shu bilan birga xalqaro mudofaani saqlab qolishga qodirmiz”, — degan AQSH prezidenti.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »