Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

G‘azo sektoriga atom bombasi tashlashni taklif qilgan Isroilning meros ishlari vaziri Amixay Eliyaxu lavozimidan chetlatildi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

Foto: Walla news

Ma’lum qilinishicha, Eliyaxu hukumat yig'ilishlaridan chetlatilgan, chunki u G‘azo sektoriga atom bombasini tashlashni konflikt rivojlanishida “imkoniyatlardan biri” ekanini aytgan. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu vazirning so‘zlari haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi va Isroil armiyasi uchinchi tomonlarga zarar yetkazmaslik uchun “xalqaro huquqning eng yuqori standartlariga muvofiq” harakat qilishini ta’kidlagan.

Muxolifat yetakchisi Yair Lapid Eliyaxuning so‘zlarini “mas’uliyatsiz vazirning hayratlanarli va shokka olib keluvchi bayonoti” deb atagan va keyinchalik vazir lavozimidan chetlatilgani ma’lum bo‘lgan. 

Ilgariroq Eliyaxu “Kol Berama” radiostansiyasiga bergan intervyusida sektorga atom bombasini tashlash kerakmi, degan savolga javob berar ekan, yuqorida keltirilgan fikrni aytgani maʼlum bo‘ldi. Bundan tashqari, u G‘azoga har qanday insonparvarlik yordamining qabul qilinishiga rozi emasligini aytib, Isroil “natsistlar”ga insonparvarlik yordamini o‘tkazmasligini va “G’azoda tinch aholi jalb qilmaslik“ degan narsa yo’qligini aytgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »