Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil 30-oktyabr kuni Yamandan uchirilgan va Eylat shahri tomon yo‘l olgan husiylar ballistik raketasini urib tushirgani koinotdagi ilk jangga aylandi. Bu haqda The Telegraph xabar berdi.

Foto: STMEGI
“Isroil shu hafta Yer atmosferasidan tashqarida ballistik raketani urib tushirish uchun Arrow raketaga qarshi mudofaa tizimidan foydalangan, bu koinotdagi ilk jang bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, AQSH-Isroil hamkorlikda ishlab chiqilgan Arrow raketaga qarshi mudofaa tizimi o‘zining asosiy maqsadi, ya’ni uzoq masofali ballistik raketani yuqori balandlikda va yuqori tezlikda urib tushirish uchun birinchi marta qo‘llanilmoqda.

Yaman husiylari Isroilga qarshi urush e’lon qildi

G‘azo sektorining bombardimon qilinishi sababli Yaman husiylari Isroilga qarshi ballistik raketalar, dronlar bilan hujum boshlaganini e’lon qildi. Yaman Qurolli kuchlari brigada generali Yahyo as-Sar tegishli ma’lumotni tasdiqladi. U Isroilning turli nishonlariga qarshi ballistik va qanotli raketalarning katta partiyasi, shuningdek, ko‘p sonli dronlar uchirilganini aytdi.

“Dronlar, ballistik va qanotli raketalardan foydalangan holda havo hujumi arab dunyosining zaifligi va Isroil bilan til biriktirishi fonida G‘azo xalqi oldidagi diniy, ma’naviy, gumanitar va milliy javobgarlik tuyg‘usi tufayli amalga oshirildi. Yaman Qurolli kuchlari Isroil agressiyasini to‘xtatmaguncha raketa hujumlarini davom ettiradi”, — dedi Yahyo as-Sar.

Operatsiyaga “Yaman xalqining talablari” sabab bo‘lgani qayd etilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »