Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

G‘azo sektoridagi jangovar harakatlar oqibatida BMTning Falastin qochoqlariga yordam ko‘rsatish va tashkiliy ishlar bo‘yicha Yaqin Sharq agentligini 88 nafar xodimi halok bo‘ldi, deb xabar beradi “Kommersant”. Mazkur tashkilot tarixida bitta mojaro doirasida buncha ko‘p xodimning halok bo‘lishi kuzatilmagan.

Foto: AFP
“7-oktyabrdan beri ko‘plab gumanitar yo‘nalishda xizmat ko‘rsatayotgan ishchilar halok bo‘ldi, ular orasida agentlikning 88 nafar xodimi ham bor. Bu BMT tarixida bitta mojaro doirasida kuzatilgan eng katta yo‘qotish. Biz tomonlarni yana bir bor xalqaro gumanitar huquq doirasida zimmasiga olingan majburiyatlarga va inson huquqlari sohasidagi normalarga rioya qilishga chaqiramiz”, — deyiladi BMT mas’ullari tomonidan imzolangan bayonotda.

Hujjatda, shuningdek, G‘azo sektoriga yetarli miqdorda suv, oziq-ovqat mahsulotlari, dori vositalari va yonilg‘i yetkazib berish zarurligi ham qayd etilgan. Bundan tashqari, gumanitar yordam ko‘rsatish idorasi mas’ullari zudlik bilan asirlarni ozod etish hamda fuqarolik infratuzilmalarini, jumladan, shifoxonalar, boshpanalar va maktablarni himoya qilinishini talab qildi.

“Zudlik bilan o‘t ochish to‘xtatilishi kerak. 30 kun o‘tdi. Yetar. Bu hoziroq tugashi lozim”, — deya ta’kidlanadi bayonotda.

Isroil ma’lumotlariga ko‘ra, HAMAS o‘rtasidagi jangovar harakatlar oqibatida 1,4 ming kishi halok bo‘lgan, 5,4 ming odam yaralangan. G‘azo sektori Sog‘liqni saqlash vazirligi esa 9,5 ming kishi halok bo‘lgani, 24,2 ming kishi jarohat olganini ma’lum qildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »