Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yevropa Komissiyasi dushanba kuni YI G‘azo sektori uchun insonparvarlik yordamini 25 million yevroga oshirayotganini e’lon qildi.

“Bugun men e’lon qilishim mumkinki, biz G‘azoga insonparvarlik yordamini yana 25 million yevroga oshirmoqdamiz. Shu tariqa Yevropa Ittifoqi G‘azoning tinch aholisiga gumanitar yordam ko‘rsatish uchun jami 100 million yevro sarflaydi”, — dedi YK rahbari Ursula fon der Lyayen Bryusseldagi YI elchilarining yillik yig‘ilishida.
Foto: Reuters

Yevrokomissiya raisining qo‘shimcha qilishicha, ayni paytda YI Isroil, Misr va BMT bilan “ko‘proq karvonlarning G‘azoga kirishiga ruxsat berish, jumladan, gumanitar ehtiyojlar uchun koridorlar va pauzalardan foydalanish” uchun ishlamoqda.

YIning aniqlik kiritishicha, moliyalashtirish G‘azo sektori aholisiga insonparvarlik yordamini to‘rt barobarga oshirish imkonini beradi.

“Yangi yordamda asosiy e’tibor suv va kanalizatsiya, sog‘liqni saqlash sohalariga, oziq-ovqat va boshqa zaruriy mahsulotlarning yetkazilishiga qaratiladi”, deyiladi Yevrokomissiya bayonotida.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »