Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Vashingtondagi Yaqin Sharq siyosati instituti eksperti Metyu Levitt Falastinning HAMAS guruhini kim moliyalashtirishini aytdi. Bu haqda Bild xabar berdi.

Foto: Getty Images

Mutaxassis AQSH Kongressiga taqdim etgan hisobotida tegishli ma’lumotlarni kiritdi. 

“HAMAS yillar davomida Yevropa Ittifoqi, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlardan, Eron, Rossiya, Suriya yoki Qatar kabi davlatlardan, shuningdek, nazorat ostidagi qurilish kompaniyalari va banklardan pul olmoqda”, — deyiladi hujjatda.

Levittning ta’kidlashicha, HAMAS soliqlar, “tovlamachilik”, chegara nazorati va G‘azo sektorini nazorat qilishning boshqa vositalaridan har yili 300 million dollardan 400 million dollargacha daromad oladi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) ba’zi hisob-kitoblarga ko‘ra, 2014-yildan 2020-yilgacha G‘azo sektoriga 4,5 milliard dollar sarmoya kiritilgan. G‘azo Yevroittifoq tuzilmalaridan 730 million dollar, Germaniyadan esa yana 360 million dollar olgan. 

“Bu pullarning qanchasi HAMAS qo‘liga tushgani noma’lum”, — deydi ekspert.

G‘azo sektoridagi HAMAS “hukumati”ning yillik budjeti kamida 2,4 milliard dollarni tashkil qiladi. 

“Shunga qaramay, anklav aholisi qashshoqlikda yashaydi”, — deydi u.

Shuningdek, Levitt HAMAS Rafah (Misr) va Kerem Shalom (Isroil) chegara punktlari orqali G‘azoga kiradigan tovarlarga soliq solishdan yiliga yarim milliard dollar daromad topishini aytmoqda.

HAMAS moliyaviy imperiyasi guruhning bir qancha top-menejerlari tomonidan nazorat qilinadi. Ular HAMAS siyosiy byurosiga bo‘ysunadi, byuroning aksar rahbarlari Turkiya, Misr, Qatar va Iordaniyada surgunda.

“Hatto ba’zilari soxta ismlar va soxta pasportlar bilan faoliyat yuritadi”, — deydi Metyu Levitt.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »