Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil armiyasi HAMASning qurol-yarog‘ bo‘limi rahbari Mohsen Abu Zin yo‘q qilinganini e’lon qildi. Bu haqda BBC rus xizmati xabar berdi.

Kollaj: “Daryo”

 

Ma’lum qilinishicha, Abu Zin strategik o‘q-dorilar va raketalar ishlab chiqarishga mas’ul bo‘lgan. Ertalabki brifingda Isroil armiyasi G‘azo sektorida HAMAS infratuzilmasiga havo hujumlarini muvofiqlashtirishni davom ettirayotganini aytdi.

O‘z navbatida, HAMAS vakillari tunda Isroil samolyotlari tomonidan turar joy binolari o‘qqa tutilganini aytdi. Falastinning WAFA axborot agentligi tunda G‘azo shahri va anklavning boshqa qismlarida o‘nlab tinch aholi halok bo‘lganini ma’lum qildi.

Isroil armiyasi hozircha bu ayblovlarga izoh bermagan. So‘nggi haftalarda Isroil harbiylari G‘azo aholisini janubiy hududlarga evakuatsiya qilishga chaqirmoqda, minglab odamlar hamon G‘azo shimolida qolmoqda. Isroilning aytishicha, HAMAS jangarilari aholiga evakuatsiya qilmaslikni maslahat bermoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »