Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

BMT Bosh kotibi vakili Stefan Dyujarrik Isroil va Falastin o‘rtasidagi ziddiyat tufayli G‘azo sektorining 1,5 millionga yaqin aholisi o‘z uylarini tashlab ketishga majbur bo‘lganini ma’lum qildi.

Foto: AP Photo
“G‘azoda haligacha elektr yo‘q. 1,5 millionga yaqin odam o‘z uyini tashlab ketishga majbur bo‘ldi, 700 mingdan ortiq kishi nazorat qilinmaydigan joylardan boshpana topdi. Ushbu obyektlarning 150 tasida o‘z imkoniyatlaridan ortiqcha odam to‘plangan”, — deydi Dyujarrik.

G‘azo sektoridagi qarama-qarshilik shu yilning 7-oktyabr kuni boshlangan edi. Shu kuni ertalab HAMAS Isroilga qarshi “Al-Aqsa to‘foni” deb nomlangan harbiy operatsiya boshladi va havodan zarbalar bergan.

Shundan so‘ng Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu mamlakat urush holatida ekanini eʼlon qildi. Mamlakat mudofaa kuchlarining javob operatsiyasi “Temir qilich” deb atalgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil armiyasining G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlari oqibatida kamida 10 022 kishi halok bo‘lgan

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »