Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSHning “Ogayo” strategik atom suvosti kemasi mamlakat Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligini Yaqin Sharqdagi mas’ul zonasiga yetib keldi. Bu haqda qo‘mondonlik o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali ma’lum qildi.

Foto: Anadolu agentligi

“Ogayo” sinfiga mansub suvosti kemasi AQSHning strategik hujumkor yadroviy kuchlarining asosini tashkil etadi. Ular qit’alararo ballistik raketalar bilan jihozlangan.

Bundan oldin Yaqin Sharqqa Amerikaning ikkita hujumkor aviatashuvchilari — USS Gerald R.Ford hamda USS Dwight D. yetib kelgandi. Bundan tashqari, mintaqaga qo‘shimcha 300 nafar amerikalik harbiy yuborilgan.

AQSH Yaqin Sharqdagi tarkibini Isroil va HAMAS o‘rtasidagi urush fonida kuchaytirmoqda. Pentagon buni qanday davlat yoki “nodavlat subyekt”ni G‘azo sektoridan tashqarida jangovar harakatlarga yo‘l qo‘ymasligiga mo‘ljallagani bilan izohlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Isroil meros vaziri 5-noyabr kuni G‘azo sektoriga yadroviy zarba berishni “imkoniyatlardan biri” deb atagandi. Shundan so‘ng Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu uni vazirlar mahkamasi yig‘ilishlarida ishtirok etishini “keyingi ogohlantirishgacha” to‘xtatib qo‘ydi. Keyinroq u lavozimidan chetlatilgani ma’lum bo‘ldi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »