Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH davlat kotibi Entoni Blinken G‘azoning urushdan keyingi rivojlanishi haqida o‘ylash zarurligini, Isroil G‘azoni qayta okkupatsiya qilmasligi kerakligini aytdi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Foto: Reuters

Blinken Tokioda bo‘lib o‘tgan “Yettilik guruhi” (G7) davlatlarining yetakchi diplomatlari yig‘ilishi yakunida bu haqda fikr bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, kelajakdagi tinchlikning asosiy elementi “falastinliklarni G‘azodan majburan olib chiqishni rad etish” bo‘lishi kerak.

“Na hozir va na urushdan keyin”, — dedi u va boshqa shartlarga quyidagilarni kiritdi:
  • G‘azodan terrorizm yoki zo‘ravonlik hujumlari uchun platforma sifatida foydalanmaslik;
  • Konflikt tugaganidan keyin G‘azoni qayta okkupatsiya qilishdan bosh tortish;
  • G‘azoni qamal qilish yoki qamal qilishga urinishlaridan voz kechish;
  • G‘azo hududining qisqarishiga yo‘l qo‘ymaslik;
  • G‘arbiy Sohildan hech qanday terror tahdidi chiqmasligini ta’minlash.

Blinken, shuningdek, “barqaror tinchlik”ka erishish, jumladan, “falastinliklarning ovozi va intilishlarini G‘azodagi inqirozdan keyingi boshqaruv markaziga” qo‘yish qadamlarini sanab o‘tdi.

“Rejalarda G‘azoni G‘arbiy Sohil bilan Falastin ma’muriyati rahbarligida birlashtirishni ham ko‘rib chiqish kerak”, — dedi u.

Shu hafta boshida Falastin prezidenti Mahmud Abbos Blinken bilan bo‘lgan muzokaralardan so‘ng uning maʼmuriyati maʼlum shartlarga rioya qilgan holda G‘azo sektori uchun masʼuliyatni o‘z zimmasiga olishga tayyorligini aytdi.

Blinken, “bu G‘azoni qayta qurish uchun barqaror mexanizm” hamda “isroillik va falastinliklarning ikki alohida davlatda yonma-yon yashashini ta’minlash yo‘lini” o‘z ichiga olishi kerakligini ta’kidladi.

“Kelajak haqida gapirishni boshlash vaqti keldi, deb hisoblaymiz. Ertaga emas, urushdan keyin emas, balki bugun”, — dedi Blinken.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »