Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH prezidenti maʼmuriyati Turkiya orqali Eron va Livandagi “Hizbulloh”ga ogohlantirish yubordi. Bu haqda amerikalik rasmiylarga tayanib, The New York Times xabar berdi.

Foto: Shutterstock

Ogohlantirishga ko‘ra, agar Isroilga hujum qilinsa, AQSH harbiy aralashuvga tayyor. AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Amerikaning ikkita samolyot tashuvchisi mintaqaga yuborilganiga qaramay, Eron bilan to‘qnashuvga intilmayotganini aytmoqda.

“Biz Eron bilan ziddiyatga borishga intilmayapmiz – biz buni aniq aytdik. Ammo xoh harbiy, xoh fuqarolik xodimlarimiz bo‘lsin, ularni himoya qilish uchun hamma narsani qilamiz”, — dedi Blinken.

3-noyabr “Hizbulloh” yetakchisi Hasan Nasrulloh Isroil va HAMAS o‘rtasida urush boshlanganidan beri birinchi marta ommaviy nutq so‘zladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, guruh 8-oktyabr kuni Isroilga qarshi jangovar harakatlarga qo‘shilgan. Nasrulloh Isroil armiyasi Livanga qarshi urush boshlasa, bu Isroilning butun mavjudligidagi “eng katta xatosi” bo‘lishini qo‘shimcha qilgan.

Nasrullohning so‘zlariga ko‘ra, Isroilning shimoliy chegarasida voqealar rivojlanishining barcha ssenariylari” amalga oshishi mumkin, biroq u “Hizbulloh”ning urushga kirishi haqida aniq gapirmagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »