Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Falastin prezidenti Mahmud Abbos 5-noyabr kuni AQSH davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashuvda Isroilning G‘azo sektoridagi “genotsid”ini qoraladi. Bu haqda Al Arabia xabar berdi.

Foto: AP Photo
“G‘azo sektoridagi Falastin xalqimiz Isroil harbiy mashinasi tomonidan, xalqaro huquq tamoyillarini hisobga olmasdan, boshdan kechirgan genotsid va vayronagarchilikni ta’riflashga so‘zim yo‘q”, — dedi Abbos Blinken bilan uchrashuvda.

Siyosatchilar o‘rtasidagi uchrashuv bir soatdan kam davom etdi. Ramallohda bo‘lib o‘tgan uchrashuvning asosiy xulosalari quyidagilar:

  • Abbos Blinkenga “zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish” va G‘azo sektoriga gumanitar yordamning kirib kelishiga ruxsat berish zarurligini aytdi;
  • Blinken AQSHning G‘azoga insonparvarlik yordami yetkazish, shuningdek, qamal qilingan zonada asosiy xizmatlarni tiklashni ta’minlash majburiyatini yana bir bor tasdiqladi;
  • AQSH rasmiylariga ko‘ra, Blinken falastinliklar majburan ko‘chirilishi kerak emasligini aytgan va Vashington mustaqil Falastin davlatini barpo etish intilishlarini ro‘yobga chiqarish uchun harakat qilishga sodiq ekanini bildirgan;
  • Blinken o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirmagan;
  • AQSH Davlat departamentining yuqori martabali mulozimining aytishicha, Blinken Abbosga Falastin “G‘azo sektorida keyingi voqealarda” markaziy rol o‘ynashi kerakligini aytgan. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »