Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH Ukrainaga harbiy yordam paketlari hajmini kamaytirmoqda, chunki Pentagon zahiralarini iloji boricha uzoqroq saqlab qolish kerak. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Pyer brifingda ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters.

Foto: Getty Images
“Ukrainaga yordam berish uchun Kongress tomonidan ma’qullangan mablag‘lar deyarli tugadi”, — deb qo‘shimcha qildi Karin Jan-Pyer.

Shu munosabat bilan u Kongressni ta’minot uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratish haqidagi so‘rovni tezroq qabul qilishga chaqirdi.

3-noyabr kuni Pentagon AQSH Ukrainaga 125 million dollarlik qurol-yarog‘, jumladan, NASAMS zenit-raketa majmuasi va HIMARS yoppasiga o‘t ochuvchi reaktiv tizimlari uchun snaryadlar yuborishini ma’lum qildi. Bundan tashqari, AQSH Mudofaa vazirligi Ukraina Qurolli kuchlari uchun 300 million dollarlik o‘q-dorilar ishlab chiqarish bo‘yicha shartnomalar imzolaydi.

AQSH prezidenti Jo Bayden Kongressdan Ukraina, Isroil va Tayvanga yordam ko‘rsatish uchun 106 milliard dollar so‘ragandi. Shundan 61,4 milliard dollari Ukrainaga, yana 14,3 milliard dollari Isroilga harbiy yordam uchun ajratilishi rejalashtirilgan edi. Vakillar palatasi qonun loyihasini ikkiga bo‘lish va Isroilni moliyalashtirishni ustuvor vazifa sifatida ko‘rib chiqishni taklif qildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »