Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Ukraina va Isroilga ta’sir o‘tkazish bo‘yicha urinishlarida qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Bu haqda The New York Times xabar berdi.

Foto: Getty Images

Xabarga ko‘ra, bu Bayden uchun yomon, chunki uning kelasi yil prezidentlikka qayta saylanish imkoniyati ko‘p jihatdan shu ikki urush natijalariga bog‘liq. Bayden maʼmuriyati Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni G‘azoni bombardimon qilishda “gumanitar pauza” qilishga ko‘ndirmoqchi. Oq uy Amerikaning Isroilga yordami Netanyaxu Vashington maslahatiga quloq tutishiga kafolat bo‘lishiga umid qilgan. Biroq bu sodir bo‘lmadi.

Ukraina bilan vaziyat biroz boshqacha, lekin Bayden uchun ham muammoli. Kuni kecha Ukraina qurolli kuchlari oliy bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy frontda “boshi berk ko‘chaga” tushib qolganini baland ovozda e’lon qildi.

Aynan shunday bayonotlardan Oq uy har qanday yo‘l bilan qochishga harakat qildi. Chunki bu Amerikaning Ukrainaga yordamini to‘xtatish va uni Rossiya bilan muzokara qilishga majbur qilish tarafdori bo‘lgan respublikachilar uchun dalil bo‘ladi.

Ikkala holatda ham Baydenning ta’siri kutilganidan ancha cheklanganga o‘xshaydi. Chunki uning qurol-yarog‘ va razvedka ta’minotchisi sifatidagi markaziy roli bor.

“AQSH ikkala qarama-qarshilikka ham shunchalik bog‘langanki, Isroilning eng qudratli ittifoqchisi va Ukrainaning erkin va mustaqil davlat bo‘lib qolishga umidi, prezidentning merosi bu mamlakatlar qanday faoliyat yuritishi va urushlar qanday yakunlanishi bilan bog‘liq”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »