Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroilning sobiq xavfsizlik xizmati boshlig‘i Yaakov Peri G‘azodagi operatsiya yana bir necha hafta davom etishini aytdi. Bu haqda u Bild nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Foto: IMDb

Yaakov Peri olti yil davomida “Shabak” umumiy xavfsizlik xizmatiga rahbarlik qilgan. Intervyuda u G‘azoda garovga olinganlar, razvedkaning ishlash tartibi va urush qachongacha davom etishi haqida gapirdi.

“Odatda HAMAS garovga olinganlarga g‘amxo‘rlik qiladi, chunki ulardan vosita sifatida foydalanadi. Umid qilamizki, bu safar ham ular garovga olinganlarga tegishli tarzda g‘amxo‘rlik qilmoqda. Ammo biz buni aniq bilmaymiz”, — dedi Peri.

U Isroilning sektorda faoliyat olib boruvchi razvedka xodimlari borligini, ularga maxsus vazifa yuklanganini aytdi.

“G‘azo sektorida razvedka tarmog‘i mavjud, biz ma’lumot to‘playdigan barcha turdagi texnik vositalarga egamiz. Isroil razvedkasi bizning agentlarimizga topshirgan vazifalardan biri garovga olinganlarning qayerdaligini aniqlash edi. Umid qilamanki, Isroil razvedkasi bu joylarni topadi”, — ta’kidladi u.

Yaakov Peri Falastinning HAMAS guruhi 7-oktyabrda Isroilga qarshi hujum boshlaganini razvedka oldindan bilmaganini tan oldi va buni muvaffaqiyatsizlik deb atadi.

“Afsuski, biz barcha jabhalarda, ham razvedka, ham operasiyada muvaffaqiyatsizlikka uchradik. Biz hayratda qolgandik va hujumga tayyor emas edik. Bu Isroil razvedkasi G‘azo sektorida nimalar bo‘layotganini bilmaydi, degani emas. Lekin razvedka ma’lumotlarida HAMASning harakatlari bizga hech qanday aloqasi yo‘qligi keltirilgan”.

Isroil sobiq xavfsizlik xizmati rahbari urush qancha davom etishini ham prognoz qildi.

“Menimcha, harbiy operatsiyani yakunlash uchun bizga yana bir necha hafta kerak. Keyin yangi rejim yaratish uchun bir necha oy vaqtimiz bo‘ladi. Bu yo Falastin ma’muriyatidan, menimcha, unchalik yaxshi fikr emas, yoki arab davlatlari to‘rtligidan, qandaydir xalqaro kuchdan iborat bo‘ladi”, — deya xulosa qildi u.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »