Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil va HAMAS o‘rtasidagi urush oqibatida hozirga qadar 48 nafar jurnalist va OAV xodimi halok bo‘ldi. Bu haqda Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi xabar berdi.

Foto: The New York Times

Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlarning 43 nafari falastinlik, to‘rt nafari — yahudiy va bir nafari — livanlik. Yana to‘qqiz nafar jurnalist yaralangan, uch nafari bedarak yo‘qolgan, 13 nafar OAV xodimi esa hibsda.

“G‘azodagi jurnalistlar katta xatarga duch kelmoqda, ular Isroilning quruqlikdagi hujumi vaqtida, jumladan, aviazarbalar berilayotgan, aloqa va elektr energiya uzoq vaqt o‘chib qolayotgan holatda mojaroni yoritishga urinmoqda”, — deyiladi xabarda.

Qo‘mitadagilarning ta’kidlashicha, jurnalistlarning aksariyati urushning birinchi kunida halok bo‘lgan — olti nafar. 18-noyarda esa besh nafar OAV xodimi o‘lgan.

Avvalroq Falastin sog‘liqni saqlash vaziri May al-Kayla Isroilning G‘azo sektoriga bergan zarbalari oqibatida kamida 150 nafar tibbiyot xodimi halok bo‘lganini ma’lum qilgandi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »