Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir G‘azo sektoridagi urush vaqtinchalik gumanitar pauzadan keyin davom etmasa, iste’foga chiqishini ma’lum qildi.

O‘ta o‘ng siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, bu holda “uning hukumatda qiladigan hech qanday ishi qolmaydi”. U mamlakat bosh vaziri Benyamin Netanyaxuning urushni davom ettirishga va’da bergan bayonotini eslatdi.

Avvalroq Ben-Gvir o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi akkauntida (sobiq Twitter) Isroil va HAMAS o‘rtasida mahbuslar almashinuvini nazarda tutuvchi kelishuvni tanqid qilgan edi.

Foto: Reuters

22-noyabr kuni Isroil rahbariyati HAMAS bilan asirlarni almashish haqidagi kelishuvni qabul qildi. Kelishuv to‘rt kunlik o‘t ochishni to‘xtatish va Isroil qamoqxonalaridagi 150 nafar falastinlik mahbusni ozod qilish evaziga 50 nafar garovga olingan isroilliklarni qo‘yib yuborishni o‘z ichiga oladi.

Kelishuv dastlab payshanba kuni ertalab kuchga kirishi kerak edi. Biroq keyin Isroil G‘azo sektorida sulh boshlanishi va HAMAS bilan garovga olinganlarni almashishni juma kuniga qoldirdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »