Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

HAMAS yetakchisi Ismoil Haniya Isroil bilan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishishda taraqqiyot borligini aytdi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Foto: AFP

Haniyaning so‘zlariga ko‘ra, kelishuv tafsilotlari yaqin soatlarda oshkor etilishi mumkin. 

“HAMAS Qatardagi birodarlar va vositachilarga (sulh bo‘yicha) o‘z munosabatini bildirdi, biz sulh bitimi tuzishga yaqinlashmoqdamiz”, — dedi HAMAS.

Falastin guruhining bayonoti Oq uyning quyidagi bayonotini tasdiqlaydi:

“AQSH Milliy xavfsizlik kengashi vakili Jon Kirbi 20-noyabr kuni HAMAS tomonidan garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralar tugashiga yaqinligini aytdi, biroq potensial kelishuv tafsilotlari haqida gapirishdan bosh tortdi”.

Manbalarning CNN telekanaliga aytishicha, Qatar vositachiligida AQSH, Isroil va HAMAS o‘rtasida bir necha hafta davom etgan muzokaralardan so‘ng, ba’zi garovga olinganlarni ozod qilish va jangovar harakatlarni vaqtinchalik to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilishi mumkin.

Al-Arabiya telekanali HAMAS vakiliga tayanib, Qatar vositachi sifatida ish olib borayotgan kelishuv tafsilotlarini yaqin soatlarda oshkor qilishi kerakligini xabar qilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »