Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil mudofaa armiyasi va mamlakat hukumati G‘azo sektorining janubiga hujum uyushtirish bo‘yicha bahs olib bormoqda, deb xabar beradi Jerusalem Post. Harbiylar va amaldorlarni garovga olinganlar bo‘yicha vaqtinchalik kelishuv tuzilmaguncha kutish kerakmi degan savol qiynamoqda.

Foto: Reuters

Qayd etilishicha, ayni vaqtda jangovar harakatlarni vaqtincha to‘xtatishga olib keladigan shunday bitim shartlari bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. Isroil mudofaa armiyasi sektor shimolining katta qismini nazorat qilayotgan bir vaqtda bunday tanaffus uchun “hal qiluvchi vaziyat” yuzaga kelgan. Chunki G‘azoning janubiy qismidagi jangovar harakatlar ko‘proq havo, dengiz va quruqlikdagi kuchlarni, logistikani o‘zgartirishni talab qiladi.

G‘azo shahrining o‘zi sektor shimolida joylashgan. Uning janubi (Xan-Yunis, Rafax va boshqalar) — bu Isroil tinch aholini evakuatsiya qilishga chaqirgan hududdir. Evakuatsiya zonasining chegarasi G‘azodan janubroqda o‘tgan.

Hozirda HAMAS 240 ga yaqin isroillikni asirlikda ushlab turibdi. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu HAMASni yo‘q qilish va jangarilar qo‘lidagi asirlarni ozod etish ikkita “muqaddas missiya” ekanini ma’lum qilgan.

Avvalroq Isroil mudofaa vaziri Yoav Gallant 16-noyabr kuni Isroil mudofaa kuchlari bo‘linmalari G‘azo shahrining g‘arbiy dahalari egallanganini ma’lum qilgandi. Vazirning ta’kidlashicha, harbiylar hozir quruqlikdagi operatsiyaning yangi bosqichini boshlamoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »