Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

HAMAS 7-oktyabr kuni garovga olingan 240 nafar isroillikdan kamida 50 nafar ayollar va yosh bolalarni ozod qilish bo‘yicha kelishuvga rozi bo‘ldi.

Buning evaziga Falastin harakati Isroildan bir qancha shartlarni bajarishini talab qilmoqda, deb yozadi The Washington Post o‘z manbalariga tayanib.

Foto: Reuters

Garovga olinganlarning bir qismini ozod qilish uchun HAMAS harakati Isroildan G‘azo sektoridagi jangovar harakatlarda uch yoki besh kunlik tanaffus qilishni, anklavga insonparvarlik yordami kiradigan yo‘laklarni kengaytirishni va Isroil qamoqxonalarida saqlanayotgan falastinlik ayollar va bolalarni ozod qilishni talab qilmoqda.

Nashr manbalarining xabar berishicha, tomonlar kelishuvga erisha olmasligi mumkin. Oxirgi sxema faqat “umumiy ma’noda” kelishilgan, dedi nashr suhbatlashgan arab diplomatlaridan biri. Avvalroq tomonlar garovga olinganlar soni va ularni ozod qilishning boshqa shartlarini muhokama qilishgandi.

Isroil tomoni hozircha HAMAS bilan kelishuvga erishish bo‘yicha qaror qabul qilgani yo‘q. Bir kun avval, 15-noyabr kuni Isroil rasmiylari ehtimoliy kelishuv haqida izoh berishdan bosh tortgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »