Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Isroilni terrorchi tashkilot deb atadi va Isroilning HAMAS bilan urush natijalari uning foydasiga bo‘lmasligini bashorat qildi.

Shuningdek, Erdo‘g‘on Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu mamlakat yadro quroliga ega yoki yo‘qligini aniqlashtirishi kerakligini ta’kidladi.

“Men aniq aytaman: Isroil terrorchi davlat”, — dedi Turkiya prezidenti parlamentda hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi fraksiyasi a’zolari oldida so‘zlagan nutqida.

Foto: AP

U Falastinning HAMAS harakati, aksincha, qonuniy siyosiy kuch ekanligini ta‘kidladi. “HAMAS saylovlarda g‘alaba qozongan siyosiy partiyadir”, — dedi Turkiya prezidenti.

Bir kun avval Turkiya Bosh prokuraturasi Isroil bosh vaziriga nisbatan jinoyat ishini Adliya vazirligiga yuborgan edi. Prokuratura uni genotsid amalga oshirish aybi bilan Xalqaro jinoiy sudga berishni talab qilmoqda. 4-noyabr kuni Erdo‘g‘on Isroil bosh vaziri bilan aloqani to‘xtatganini e’lon qildi. Shu kuni Turkiya Isroildan elchisini chaqirib olgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »