Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

HAMAS Isroilning G‘azo shahridagi Al-Shifo kasalxonasiga bostirib kirishini “harbiy va insoniyatga qarshi jinoyat” deb atadi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Foto: AP Photo

Isroil harbiylari G‘azo sektoridagi Al-Shifo kasalxonasida HAMAS jangchilariga qarshi operatsiya boshlaganini ma’lum qildi. HAMAS kasalxonada faqat tinch aholi borligini ta’kidladi, jumladan, reyd tunda o‘tkazilgan paytda shifoxonada 9 mingga yaqin odam – bemorlar, tibbiyot xodimlari va ko‘chirilganlar bo‘lgan.

HAMAS yetakchilaridan biri Isroil harbiy nishonga emas, balki tinch aholi nishoniga hujum qilganini aytmoqda. Falastin guruhi reydda Vashington va AQSH prezidenti Jo Baydenni ayblagan. Isroil ham, AQSH ham HAMASning Al-Shifo kasalxonasi qoshida qo‘mondonlik punkti borligini da’vo qilmoqda, HAMAS bu da’volarni rad etadi.

Isroil armiyasi operatsiya oddiy fuqarolarga “zarar yetkazmaslik uchun” shifokorlar guruhlari va arab tilini biladigan odamlar ishtirokida “maqsadli” amalga oshirilayotgani aytgan.

JSST Al-Shifo kasalxonasidagi bemorlar va xodimlardan “juda xavotirda”

“Al-Shifo kasalxonasiga harbiy bosqin sodir etilgani haqidagi xabarlar juda tashvishlidir. Biz yana shifoxona tibbiyot xodimlari bilan aloqani uzdik. Ularning xavfsizligi va bemorlarning xavfsizligi uchun juda xavotirdamiz”, — dedi JSST bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »