Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil mudofaa kuchlari G‘azo sektoridagi Al-Shifo kasalxonasida HAMASga qarshi operatsiya boshlaganini e’lon qildi, deb xabar bermoqda BBC.

Foto: Reuters

Isroil armiyasi xabarida qayd etilishicha, operatsiya oddiy fuqarolarga zarar yetkazmaslik uchun shifokorlar guruhlari va arab tilini biladigan odamlar ishtirokida “maqsadli” amalga oshirilmoqda.

Oldinroq Isroil armiyasi G‘azo hukumatini o‘z qurolli tuzimalari 12 soat ichida Al-Shifo kasalxonasini tashlab ketishga chaqirgan edi, biroq ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur talab bajarilmagan. Shuningdek, harbiylar shifoxonadan odamlarni ommaviy evakuatsiya qilgan.

HAMAS nazoratidagi G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi esa isroilliklar hujum boshlanishidan biroz oldin ularni xabardor qilgani to‘g‘risida bayonot berdi. Guvohlarning aytishicha, isroillik askarlar allaqachon Al-Shifo kasalxonasiga kirgan.

Kasalxonada bo‘lgan Xader Zaanun BBC ning G‘azodagi muxbiri Rushdi Abu Alufga telefon orqali Isroil harbiylari tutunli granata uloqtirganini va ularni kasalxonaning jarrohlik binosiga bostirib kirganini ko‘rganini aytgan. Shundan so‘ng Xader Zaanun bilan aloqa uzilgan.

Isroil armiyasi Al-Shifo kasalxonasida operatsiya boshlaganidan so‘ng, HAMAS bayonot berib, bu operatsiya oqibatlari uchun to‘liq javobgarlikni Isroil va shaxsan AQSH prezidenti Jo Baydenga yukladi. 

Kuni kecha Isroil kuchlari G‘azo sektori shimolidagi Al-Quds kasalxonasini qurshab olgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Al-Quds shifoxonasi yonilg‘i va elektr quvvati yo‘qligi sababli o‘z faoliyatini to‘xtatgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »