Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant HAMAS harakati G‘azo sektori shimolida nazoratni qo‘ldan boy berganini ma’lum qildi, deb yozadi The Times of Israel.

Foto: Reuters
“Isroil armiyasini to‘xtatishga qodir HAMAS kuchlari yo‘q. Armiya har bir nuqta bo‘yicha oldinga harakatlanmoqda. HAMAS G‘azo sektoriga nazoratni qo‘ldan boy berdi. Terrorchilar janubga qochmoqda. Tinch aholi HAMAS bazalarini o‘marmoqda. Ularda hukumatiga ishonch yo‘q”, — deydi Galant jangovar harakatlardan keyin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil kuchlari “reja bo‘yicha harakatlanib, vazifalarni aniq bajarmoqda”. Bundan tashqari, Galantning aytishicha, so‘nggi kunlarda mamlakat armiyasi tunnellar orqali hujum uyushtirayotgan guruhlarga qarshi harakatlarni “faollashtirgan”.

Isroil Mudofaa armiyasi matbuot xizmati ham HAMASning G‘azo sektori shimolidagi harbiy tuzilmalari deyarli butunlay yo‘qqa chiqarilganini ma’lum qildi. Ijtimoiy tarmoqlarda Isroil mudofaa armiyasi bo‘linmalaridan birining harbiylari G‘azo parlamentini egallagani tasvirlangan suratlar ham tarqaldi.

Shu bilan birga, HAMASning “Al-Qassam” jangovar qanoti 13-noyabr kuni Isoirlning 12 ta harbiy texnikasi o‘qqa tutilib, “qisman yoki butunlay yakson qilinganini” bildirdi.

Avvalroq Falastin prezidenti Mahmud Abbos AQSH davlat kotibi Entoni Blinkenga Iordan dengizining g‘arbiy sohili va Sharqiy Quddusdagi vaziyatni tartibga soluvchi keng qamrovli siyosiy yechim doirasida G‘azo sektori Falastin davlati nazoratiga o‘tishi mumkinligini ma’lum qilgandi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »