Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Butun Fransiya bo‘ylab 12-noyabr kuni antisemitizmga qarshi marshlar o‘tkazildi, deb yozadi L’independent gazetasi. Parij politsiyasining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, poytaxtdagi aksiyada 105 ming odam ishtirok etgan.

Foto: EPA

Le Figaro’ga ko‘ra, marshda Fransiyaning sobiq prezidentlari Nikolya Sarkozi va Fransua Olland, shuningdek, mamlakatning amaldagi bosh vaziri Elizabet Born ham ishtirok etgan. Bundan tashqari, aksiyada 30 ga yaqin vazirlar, diniy yetakchilar va madaniyat xodimlari qatnashgan.

Tashkilotchilar fuqarolarni marshga “Respublika uchun, antisemitizmga qarshi” shiori ostida bayroqlarsiz chiqishga chaqirgan.

Grenobl va Nitssadagi aksiyalarda kamida 4 ming kishi, Bordoda esa 3 ming odam ko‘chaga chiqqan, Strasburgda 5 ming odam marshga qo‘shilgan.

Falastin—Isroil mojarosi boshlanganidan keyin HAMAS butun musulmon olamini 13-oktyabr kuni falastinliklarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyalar o‘tkazishga chaqirgandi. Tartibsizlik chiqishidan xavotirlar tufayli Parijda 12-oktyabr kuni falastinliklarni qo‘llab-quvvatlovchi ikki namoyish taqiqlangan

Avvalroq esa Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Isroil G‘azoni bombardimon qilishni va tinch aholi, jumladan, ayollar va bolalarni o‘ldirishni bas qilishi kerakligini aytgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »