Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron eronlik hamkasbi Ibrohim Raisiy bilan telefon orqali suhbatda uni Isroil va HAMAS harakati o‘rtasidagi ziddiyatni kuchaytirmaslik haqida ogohlantirdi. Bu haqda Yelisey saroyiga tayanib, DW xabar berdi.

Foto: Flickr
“Makron prezident Raisiyni mojaroning har qanday tarzda avj olishi yoki tarqalishidan, ayniqsa Livan masalasida ogohlantirdi. “Hizbulloh” va HAMAS bilan aloqalari inobatga olingan holda, Eron bu borada mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi”, — deb ma’lum qildi Fransiya davlat rahbari matbuot xizmati.

Tehron “mintaqaviy vaziyat keskinlashishining oldini olish uchun hamma narsani qilishi kerak”, deya qo‘shimcha qildi Parij. 

Eron Isroilga HAMAS tomonida urushish bilan tahdid qildi 

Avvalroq HAMAS harakatlarini ochiq qo‘llab-quvvatlayotgan Eron Isroilni G‘azo sektoriga hujumlarini davom ettirsa, “oqibatlar” to‘g‘risida ogohlantirgan edi. Tehron jamoatchilikni ogohlantirdi va BMT kanallari orqali Isroilga shaxsiy xabar yubordi, unda agar Isroil G‘azo sektorida HAMASni yo‘q qilish kampaniyasini davom ettirsa, mojaroga aralashishi mumkinligi haqida ma’lum qildi, deb yozadi The Jerusalem Post. 

Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyyan yaqinda Livanda BMTning Yaqin Sharqdagi vaziyatga yechim topish bo‘yicha koordinatori Tor Vennesland, keyin esa Qatarda HAMAS yetakchisi Ismoil Haniya bilan uchrashdi. Ikkinchi uchrashuvda Isroilga hujum qilish va harakat maqsadlariga erishish uchun hamkorlikni davom ettirish muhokama qilindi, deya qayd etdi The Jerusalem Post HAMAS bayonotiga tayanib. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »