Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

7-oktyabr kuni Isroilga hujum qilgan HAMAS jangchilari, agar birinchi hujum muvaffaqiyatli amalga oshirilsa, mamlakat ichiga chuqurroq kirib, yirik shaharlarga o‘tishga hozirlik ko‘rgandi. Bu haqda The Washington Post xabar berdi.

Foto: Reuters

Tegishli ma’lumot G‘arb va Yaqin Sharqdagi to‘rtta davlatning sobiq va amaldagi xavfsizlik xizmati vakillariga tayanib berilgan.

“Ular ikkinchi bosqichni Isroilning yirik shaharlari va harbiy bazalarida ham amalga oshirishni rejalashtirgandi”, — deydi anonimlik sharti bilan yuqori martabali isroillik amaldor.

Manbalarning ta’kidlashicha, HAMAS jangchilaridan birida G‘arbiy Sohil chegarasigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tishga tayyorgarlik ko‘rayotganliklarini ko‘rsatuvchi razvedka va xaritalar topilgan. Jangchilarda tegishli ko‘rsatmalar, oziq-ovqat, o‘q-dorilar va bir necha kun davom etishi mumkin bo‘lgan qurol-yarog‘lar aniqlangani aytilmoqda.

HAMASning rejalari haqida qo‘shimcha ma’lumotni tiriklayin qo‘lga olingan bir necha jangchilar bergani ta’kidlanadi.

“Hujum qat’iy maxfiylik sharoitida tayyorlangan, uning ba’zi tafsilotlarini hatto HAMASning siyosiy rahbariyati va uning Erondagi ittifoqchilari ham bilmagan. Faqat tashkilotning harbiy qanoti qo‘mondonligi xabardor edi”, — deyiladi xabarda.
“Biroq HAMASning yuqori rahbariyati hujum faqat garovga olish bilan cheklanib qolmasligiga umid qilgan. HAMAS jangchilari ularning harakati Isroilning kuchli javobini, jumladan, G‘azo sektoridagi quruqlikdagi operatsiyani, G‘arbiy Sohilda zo‘ravonliklarni keltirib chiqarishini va butun mintaqada kengroq mojaroga olib kelishini rejalashtirgan”, — deydi WSJ suhbatdoshlari.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »