Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu G‘azo sektori ustidan nazoratni Mahmud Abbos boshchiligidagi Falastin ma’muriyatiga berishdan bosh tortdi. Bu haqda The Jerusalem Post xabar berdi.

Foto: Arxiv / Al Jazeera 

Netanyaxuning so‘zlariga ko‘ra, Isroil qo‘shinlari G‘azoni qurshab olishni yakunlagan. HAMAS guruhi esa G‘azo shimolidagi nazoratni yo‘qotgan.

“HAMAS G‘azo sektori shimolidagi nazoratni yo‘qotdi. Terrorchilarda yashirinadigan xavfsiz joy qolmadi... Biz HAMASni yo‘q qilamiz va garovga olinganlarni qutqaramiz”, — dedi Isroil bosh vaziri.

U Isroilga qarshi “teraktlar” uyushtirishda foydalanilishining oldini olish uchun zarur bo‘lgan vaqtgacha Isroil armiyasi G‘azo sektorida qolishini ta’kidladi.

“HAMAS demilitarizatsiya qilinadi. G‘azo sektoridan Isroilga boshqa tahdidlar bo‘lmaydi. Buni ta’minlash uchun Isroil G‘azoning xavfsizligini, u yerdan keluvchi terrorning oldini olish uchun zarur bo‘lgan vaqtgacha sektorni nazorat qiladi”, — dedi u.

Bosh vazir, shuningdek, G‘azo sektori ustidan nazorat Mahmud Abbos boshchiligidagi G‘arbiy Sohildagi Falastin milliy ma’muriyatiga o‘tkazilishiga qarshi chiqdi. Isroil hukumati rahbarining qayd etishicha, Falastin rahbari HAMASning Isroilga hujumini qoralamagan.

“U yerda farzandlarini Isroildan nafratlanishga, isroilliklarni o‘ldirishga yoki Isroilni yo‘q qilishga o‘rgatadigan fuqarolik hokimiyati bo‘lmaydi. U yerda qotillarning oilalariga pul to‘laydigan, HAMAS qirg‘inini qoralamagan hukumat bo‘lmaydi. Boshqa narsa bo‘lishi mumkin, lekin har qanday holatda ham bizning xavfsizlik nazoratimiz ostida bo‘ladi. Men buning ortida turibman va taslim bo‘lmayman”, — deb ta’kidladi Netanyaxu.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »