Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu G‘azo sektorining kelajakdagi boshqaruvi haqida gapirdi. Bu haqda Ynet nashri xabar berdi. 

Foto: Getty Images
 

Netanyaxuga ko‘ra, Falastinning HAMAS harakati “yo‘q qilinganidan so‘ng” Isroil G‘azo sektorida xavfsizlik nazoratini tashkil qiladi.

“HAMAS yo‘q qilinganidan so‘ng G‘azodan hech qanday tahdid bo‘lmasligini taʼminlash uchun G‘azo sektorida Isroil xavfsizlik nazorati, jumladan, to‘liq demilitarizatsiya o‘rnatiladi”, — dedi u.

Shuningdek, Isroil bosh vaziri G‘azo tashqi kuchlar nazoratiga berilmasligini qo‘shimcha qildi.

“Urushdan keyin ham Isroil G‘azoni boshqarishda davom etadi. Biz hech qanday xalqaro tashkilotga ishonmaymiz”, — dedi u.

Ma’lumot uchun, Isroilning 7-oktyabrdan buyon G‘azoga bergan zarbalari oqibatida halok bo‘lganlar soni 11 078 kishiga yetdi, 27 490 kishi jarohat oldi. Halok bo‘lganlarning 4 506 nafari bolalardir.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »