Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil mudofaa armiyasi matbuot kotibi Daniel Xagari HAMAS G‘azo sektorining shimoliy qismida nazoratini yo‘qotganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 8-noyabr kuni anklavning 50 mingga yaqin aholisi gumanitar koridor orqali janubga evakuatsiya qilingan.

Foto: Reuters
“Biz G‘azo shahrida hujumni va fuqarolik obyektlariga tutashgan shaxta tunnellarini bloklashni davom etmoqdamiz. Bugun G‘azoning 50 ming aholisi janubga yo‘lga olganiga guvoh bo‘ldim, ular HAMAS nazoratni qo‘ldan boy berganini tushunmoqda”, — deydi Xagari.

Isroil mudofaa armiyasi vakilining so‘zlariga ko‘ra, o‘t ochishni to‘xtatish rejasi mavjud emas, biroq aholi evakuatsiya qilinishi uchun harbiylar “gumanitar tanaffuslarni” joriy etmoqda. Oldinroq Isroil mudofaa vaziri Yoav Gallant HAMAS yetakchisi Yaxyo Sinvor o‘zining bunkerida qurshovga olingani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Avvalroq The New York Times gazetasi Jo Bayden ma’muriyati Ukraina va Isroilga ta’sir o‘tkazish bo‘yicha urinishlarida qiyinchiliklarga duch kelayotgani haqida yozgandi. Bayden maʼmuriyati Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni G‘azoni bombardimon qilishda “gumanitar pauza” qilishga ko‘ndirmoqchi. Oq uy Amerikaning Isroilga yordami Netanyaxu Vashington maslahatiga quloq tutishiga kafolat bo‘lishiga umid qilgan. Biroq bu sodir bo‘lmadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »