Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Falastinning HAMAS guruhi Siyosiy byurosi aʼzosi Usama Hamdan Vashingtonni Isroil bilan urush tugaganidan keyin G‘azo sektorini kim boshqarishi haqidagi illyuziyalarga berilishni bas qilishga chaqirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: Getty Images
“Biz prezident Bayden va uning ma’muriyatiga murojaat qilamiz: tajovuzdan keyin G‘azoni boshqarish haqidagi illyuziyalarni bas qiling. Qarshilik va xalqimiz g‘alaba qozonadi, bu bahsli emas”, — dedi Hamdan.

Shuningdek, falastinlik siyosatchi AQSH ga “Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va uning mag‘lubiyatga uchragan armiyasiga vaqtni behuda sarflamaslikni” maslahat berdi.

“Yaqin Sharq va boshqa mamlakatlardagi oldingi darslaringizdan saboq oling”, — dedi Usama Hamdan.

AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Yaponiyaning NHK telekanaliga bergan intervyusida, AQSH Falastin-Isroil mojarosi yakunlanganidan so‘ng G‘azo sektorini HAMAS harakati boshqaradigan ssenariyga yo‘l qo‘ymasligini aytgandi.

AQSH va Isroil G‘azo sektori kelajagining uchta variantini ko‘rib chiqmoqda

Birinchi variant Yaqin Sharq mamlakatlariga sektor ustidan vaqtinchalik nazoratni berish va AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya qo‘shinlari joylashtirish;

Ikkinchi variant ko‘p millatli kuchlar va kuzatuvchilarga o‘xshash missiyaning sektorda tinchlikparvar kuchlari faoliyat yuritishi;

Uchinchi variant — G‘azo sektorini BMT shafeligida vaqtinchalik boshqarish.

Blinken “yangilangan Falastin milliy ma’muriyati”ni sektorni boshqarish uchun eng yaxshi variant deb atagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »