Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH yirik qurol-yarog‘ bitimi doirasida Isroilga 320 million dollarlik yuqori aniqlikdagi bombalarni topshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.

Foto: Shutterstock

31-oktabr kuni AQSH prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Kongress rahbarlariga qurol shartnomasi bo‘yicha rasmiy xabarnoma yubordi. Unda harbiy samolyotlar tomonidan ishlatiladigan Spice oilasiga tegishli bombalarni Isroilga topshirish rejalashtirilgan.

Shartnomaga ko‘ra, qurol ishlab chiqaruvchi Rafael USA bombalarni Isroil Mudofaa vazirligi foydalanishi uchun o‘zining Rafael Advanced Defence Systems isroillik sho‘ba kompaniyasiga topshiradi. Shartnoma ushbu qurollarni qo‘llash bilan bog‘liq yordam, yig‘ish, sinov va boshqa texnologiyalarni taqdim etishni o‘z ichiga oladi.

Ta’kidlanishicha, bu ta’minotlar Isroil tomonidan 7-oktyabrgacha so‘ralgan. Ilgari AQSH xuddi shu turdagi qurollarni Isroilga 402 million dollar miqdorida topshirgandi.

So‘nggi kunlarda AQSH Isroilni gumanitar inqirozni yumshatish uchun bombardimon qilishni to‘xtatishga chaqirdi. Shu bilan birga, ekspertlar qurollarning potensial yetkazilishi bu sa’y-harakatlarga putur yetkazishi mumkinligi va aksincha, AQSH bombardimon qilishni davom ettirishni qo'llab-quvvatlayotganini aytdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »